Toshkentning "Paxtakor" jamoasi yozgi transfer oynasidan foydalanib tarkibini kuchaytirmoqda.

"Sherlar" shu vaqtga qadar "Al-Vahda" sharafini himoya qilib kelgan Hojimat Erkinovning jamoaga qaytganini e'lon qildi.

Shartnoma muddati 1,5 yil - 2026 yil oxirigacha.

24 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Paxtakor"da shu paytgacha 75 o'yinda 17 gol muallifiga aylangan.

Manba: www.stadion.uz.