Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yozgi transfer oynasida o'z tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda.

Mahoratli va tajribali himoyachi Filip Ivanovich jizzaxliklar bilan bir yarim yillik mehnat shartnomasi imzoladi.

Ma'lumot uchun: Filip Ivanovich professional faoliyati davomida quyidagi jamoalar safida o'zini namoyon etgan:

"Xayduk" Belgrad
"Radnik"
"Sabah"
"Teuta"
"Radnichki"
"Navbahor"

"So'g'diyona" PFK nomidan Filip Ivanovichga klubimizga xush kelibsiz deymiz! Unga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!" - deyiladi jizzaxliklarning rasmiy bayonotida.