Rasman. "Feyenoord" etakchisi "Marsel"ga o'tdi (foto)

Niderlandiyaning "Feyenoord" klubi vingeri Igor Payshao faoliyatini "Marsel"da davom ettiradi. Frantsuz klubi bu haqida rasmiy e'lon berdi.
25 yoshli vinger transferi 30 million evroga tushgan.
Payshao o'tgan mavsumni yorqin o'tkazib, Niderlandiya klubining etakchilaridan biriga aylandi. Uning hisobida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda 18 ta gol va 19 ta golli uzatma bor.
