Ugo Ekitike "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga o'tdi.

Avvalroq bitim summasi 90 mln evrodan ko'proqni tashkil etishi, bonuslar bilan hisoblaganda 95 mln evrogacha o'sishi mumkinligi xabar qilingandi.

22 yoshli hujumchi "qizillar" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi - 2031 yilning iyunigacha.

Bundesliganing o'tgan mavsumida frantsuz 33 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.