Martin Dubravka "Nyukasl"dan "Byornli"ga o'tdi.

36 yoshli darvozabon yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi va u erda birinchi raqam ostida o'ynaydigan bo'ldi.

Slovakiyalik posbon "Nyukasl" safida 2018 yilning yanvaridan buyon to'p tepib kelayotgandi va u erda 179 ta o'yinda maydonga tushgan.

Futbolchi Slovakiya terma jamoasi safida ham 50 dan ortiq o'yin o'tkazgan.