Rasman: "Betis" "Marsel" darvozaboni bilan shartnoma imzoladi

30 yoshli darvozabon Pau Lopes "Betis" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda ispan jamoasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, darvozabon bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi safida 2 ta o'yin o'tkazgan Lopes bungacha ham "Betis" sharafini himoya qilgan. U 2018 yilning yozida jamoa safini to'ldirdi va bir yildan so'ng 23,5 million evro evaziga "Roma"ga o'tdi.
Lopesning so'nggi klubi Meksikaning "Toluka" klubi edi. Shuningdek, u "Tottenxem", "Espanol", "Marsel", "Roma" va "Jirona" klublarida ham to'p tepgan.
Eslatib o'tamiz, "Betis" Evropa Ligasi guruh bosqichida o'ynaydi.