Pablo Torre "Barselona"ni tark etdi.

"Malorka" Kataloniya klubidan 22 yoshli yarim himoyachi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

Oldinroq "ko'k-anorranglilar" futbolchiga bo'lgan 50 foiz huquq uchun 5 million evro olishi xabar qilingandi. Shartnoma qolgan 50 foizini 25 million evroga sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi.

"Barselona" ham futbolchini qaytarib sotib olish huquqiga ega. Agar Torre boshqa klubga o'tsa, kataloniyaliklar qayta sotilgan summaning bir qismini oladi.