"Barselona" Ispaniya chempionati 1-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi o'yin oldidan darvozabon Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazishga ulgurdi.

La Liga rasmiy sayti yozda "Espanol"dan "ko'k-anorranglilar" safiga o'tgan darvozabonning ro'yxatdan o'tganini tasdiqladi. "Malorka" bilan o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Joan Garsiya transferi "Barselona"ga 25 mln evroga tushgan. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi "Espanol" safida chempionatdagi 38 ta o'yinning barchasida maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yuborgan va 8 marta darvozani daxlsiz saqlab qolgan.