Turkiya chempionatining "Sivasspor" klubidagi faoliyatidan so'ng Azizbek Turg'unboev yana qadrdon "Paxtakor" klubi safiga qaytdi.

O'zbekiston terma jamoasining 31 yoshli xavbeki "sherlar" safida Superliga ikkinchi davrasi oldidan ligada ro'yxatdan o'tkazildi, deya xabar berdi O'zPFL rasmiy telegram-kanali.

Shartnoma 2026 yil oxirigacha tuzilgan.