Madridning “Atletiko” klubi slovakiyalik himoyachi David Gantsko bilan shartnoma imzolagani haqida rasmiy saytida ma'lum qildi.

27 yoshli futbolchi bilan shartnoma muddati besh yilga mo'ljallangan. Gantsko avvalroq “Feyenoord”da o'ynagan.

Gantsko "Atletiko" tarixidagi slovakiyalik birinchi futbolchi bo'ldi, u Madriddagi bazada asosiy jamoaning mavsumoldi yig'iniga qo'shiladi.

Oldinroq slovakiyalik futbolchi Saudiya klubi bazasida bo'lgan bo'lsa-da, Gantskoning "An-Nasr"ga o'tishi amalga oshmay qolgani ma'lum bo'lgandi. "An-Nasr" va "Feyenoord" kelishuvga erishdi, unga ko'ra Davidga 35 million evro, yana 5 million evro bonuslar sifatida to'lanishi kerak edi. Slovakiyalik deyarli shartnoma imzoladi, ammo saudiyaliklar so'nggi daqiqada kelishuvni yakunlashdan bosh tortdi.

O'tgan mavsumda Gantsko barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.