Madridning "Atletiko" klubi markaziy himoyachisi Santyago Mourino faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradi. Bu haqda "sariq suvosti kemasi" matbuot xizmati xabar berdi.

Transfer 10 million evro evaziga amalga oshirildi. 23 yoshli urugvaylik futbolchi "Vilyarreal" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.