Entso Miyo "Shtutgart"dan "Al Ahli"ga o'tdi.

Saudiya klubi 23 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzoladilar.

Avvalroq kelishuv summasi 28 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi.

"Al-Ahli" yarim himoyachini qo'lga kiritish imkoniyatiga qiziqayotgan "Atletiko"dan Enyo Miyoni tortib oldi.

Miyo o'tgan mavsumda Bundesligada 29 ta o'yinda 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.