Rasman. Abbosbek Fayzullaev - "Bashakshexir" futbolchisi!

Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi TsSKAdan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevni sotib olganini e'lon qildi.
Turk klubi 21 yoshli hujumkor yarim himoyachimiz uchun TsSKAga 7,5 million evro to'ladi.
Fayzullaevning yangi jamoadagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Endi Istanbul klubida Shomurodov - Fayzullaev tandemini ko'ramiz.