Italiya A Seriyasining 37 yoshli tajribali futbolchisi Xuan Kuadrado "Piza" futbolchisiga aylandi. Kolumbiyalik futbolchi yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Kuadrado o'tgan mavsumni "Atalanta"da o'tkazdi.

"Piza" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra B Seriyadan A Seriyaga yo'l oldi. Transfermarkt portali pizaliklarning tajribali yangi futbolchisini 1 mln evroga baholamoqda.