Rasman. 2018 yilgi jahon chempioni yana Liga 1'ga qaytdi

"Udineze" forvardi Florian Toven "Lans"ga o'tdi.
Frantsiyaliklar rasmiy sayti xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi bilan 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
O'tgan mavsumda Toven barcha musobaqalarda 26 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.
Eslatib o'tamiz, u 2025 yilning iyun oyi oxirida "Udineze" bilan shartnomasini uzaytirgan, ammo bir yarim oydan so'ng baribir klubni tark etgandi.