Rami Evro-2012'dagi qiziq bir holatga to'xtaldi

Odil Rami Ukrainaga baliq ovlashga borganini esladi.
- Eng ajabtovur futbolchi?
- Filipp Mekses g'aroyib edi. Evro-2012 paytida biz Ukrainadagi bazamiz yaqinidagi ko'lga baliq ovlashga bordik. Tushlikdan keyin uxlashimiz kerak bo'lsa ham, biz kunning yarmini o'sha erda o'tkazdik.
Biz tutgan barcha baliqlarni biz yashaydigan joy yaqinidagi favvoraga tashladik. Ertalab hamma erni baliq hidi qoplagan edi, barcha baliqlar o'lik edi. Bu dahshatli edi", - dedi Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi.