Rafinya: "Jismoniy va taktik jihatdan yaxshi holatdaman"

"Barselona" vingeri Rafinya Ispaniyaning Sport nashriga bergan intervyusida kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"To'g'risi, agar klub mendan mamnun bo'lsa, imkon qadar shu erda qolaman. Albatta, agar klubda to'liq kuch bilan o'ynamasam yoki klub rivojiga etarli hissa qo'sha olmasam, ketish vaqti kelganini ham tushunaman.
Ammo hozircha o'zimni yaxshi deb o'ylayman. Jismoniy va taktik jihatdan yaxshi holatdaman. Bu qanday ketayotganini ko'ramiz.
Aytib o'tganimdek, formamda bo'lsam va klub meni bu erda xohlasa, bor kuchimni berishda davom etaman", - dedi Rafinya.