"Barselona" futbolchisi Rafinya 2025 yilgi "Oltin to'p" uchun kurash haqida gapirdi.

Mukofot sentyabr oyida topshiriladi.

Bu mavsumdan so'ng "Oltin to'p" "Barselona" futbolchisiga berilishi kerakmi? - (Uzoq o'ylaydi).

"Menimcha, mukofot adolatli bo'lishi kerak, tamom. Men ko'rgan narsa muhim bo'lmasligi mumkin. Bu mukofotni yutish ko'pincha qiyin.

Lekin men uchun eng muhimi dunyodagi eng zo'r bo'lish – oilam, farzandlarim, o'zimni qadrlaydigan insonlar uchun", – dedi Rafinya.