Rafinya "Barselona" uchun 100+ golda ishtirok etdi

"Barselona" hujumchisi Rafinya Dias "Malorka"ga qarshi La Liga ilk turidan o'rin olgan (3:0) o'yinda gol urdi.
28 yoshli braziliyalik vinger bu orqali kataloniyaliklar safida rasmiy o'yinlarda 100+ gollarda ishtirok etdi.
U shu vaqtga qadar 145 ta o'yinda 55 ta gol urib, 45 ta golli uzatma bergan.
Rafinya 2022 yilda "Lids"dan 58 million evroga sotib olingan.