"Barselona" shanba kuni mavsumning ilk o'yinini - Ispaniya La Ligasining ilk turida safarda "Malorka"ga qarshi o'tkazmoqda. O'yinning ettinchi daqiqasidayoq Xans-Diter Flik jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

"Ko'k-anorranglilar"ning 2025/2026 yilgi mavsumdagi ilk golini vinger Rafinya kiritdi. U o'ng qanotdan Yamal uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.