Raboning yangi transferida "Yuventus" afsonasi muhim rol o'ynashi mumkin

Adrien Rabo "Yuventus"ga qaytishga harakat qilmoqda.
"Marsel" avvalroq Liga 1ning 1-turi doirasidagi "Renn"ga qarshi (0:1) o'yindan so'ng jamoaning kiyinish xonasida janjal kelib chiqqani uchun yarim himoyachini transferga qo'ygandi.
Qayd etilishicha, frantsiyalik yarim himoyachi “Yuventus”ga o'z xizmatlarini taklif qilgan va klub direktori Jorjio Kelliniga qo'ng'iroq qilgan.
Turin klubi Adrien Raboning taklifini e'tiborga oldi, biroq ayni paytda "Brayton"dan yarim himoyachi Metyu O'Rayli nomzodini ko'rib chiqmoqda.