Raboning advokati: "Takliflar bundan keyin ham bo'ladi"

Adrien Raboning advokati "Marsel" bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Klub avvalroq Liga 1ning 1-turi doirasidagi «Renn»ga (0:1) qarshi o'yindan so'ng jamoaning kiyinish xonasida janjal kelib chiqqani uchun yarim himoyachini transferga qo'ygandi.
"Biz ortda qolgan vaziyatni tahlil qilamiz. Agar "Marsel" endi Adrienni saqlab qolishni istamasa, boshqa o'yinchi qidirishga to'g'ri keladi, bu futbol qonuni.
"Diarra ishi" bo'yicha qaror allaqachon qabul qilingan va ma'lum qoidalar mavjud. Agar klub futbolchi bilan xayrlashmoqchi bo'lsa, ular katta summani talab qila olmaydi. 15 million evro juda katta mablag'.
Klublar u haqida yozda ma'lumot so'rashdi. Takliflar bundan keyin ham bo'ladi", - dedi Raboning advokati Romuald Palao.