Yarim himoyachi Adrien Raboni agenti - uning onasi Veronika hisoblanadi. U frantsiyalik futbolchining “Manchester Yunayted”ga o'tishi nega 2022 yilda barbod bo'lganini tushuntirdi.

"Ular mening ochko'zligim haqida yozishdi? Yo'q, bu to'g'ri emas. O'sha yili Adrien Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan "Yuventus"dan Chempionlar ligasiga chiqa olmagan "Manchester Yunayted"ga ketishga tayyor edi. Biz shartlarni muhokama qildik va oxirida ular menga: "Agar Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasak, keyingi mavsumda Adrienning maoshi kamaytiriladi" deyishdi. Men buni juda va juda hurmatsizlik deb o'yladim.

Men: "Stop!", dedim. Ular bu ko'proq pul olish strategiyasi deb o'ylashdi. Lekin yo'q, gap pul emas, printsipial masala edi. Albatta, bu ularni hayratda qoldirdi. Ular bunga o'rganmagan edilar" - dedi Veronik L’Equipe nashriga.

30 yoshli Adrien Rabo hozir "Marsel" vakili sanaladi.