Qozog'iston Konferentsiyalar ligasi yoki UEFA Superkubogi finalini o'tkazish uchun ariza topshirdi

Qozog'iston 2027 yilda Konferentsiyalar ligasi yoki UEFA Superkubogi finalini qabul qilishga rasman tayyorligini bildirdi, deb yozadi Metaratings.
Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidenti Marat Omarov tegishli ariza allaqachon UEFAga yuborilganini aytdi. Taxminlarga ko'ra, o'yin Ostona yoki Olmaotada bo'lib o'tishi mumkin.
Shuningdek, Omarov Qozog'iston UEFA Kongressi, shuningdek, 21 yoshgacha va 19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionatlarini tashkil etishga tayyorligini qo'shimcha qildi.