Qatarliklar Angliyadan klub sotib oldi

Qatarliklar Angliya 6-ligasining "Dagenxem" klubini sotib olib, Endi Kerrollni o'z safiga qo'shib oldi.
Qatarlik xususiy investorlar konsortsiumi "Dagenxem" futbol klubini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqdagi xabar kecha Angliyaning 6-divizionida ishtirok etuvchi klub saytida paydo bo'ldi.
Bitimni yakunlash uchun Angliya futbol assotsiatsiyasi va Milliy liga roziligini olish qoldi.
O'sha kunning o'zida klub Endi Kerrollning transferini e'lon qildi. 36 yoshli hujumchi o'tgan oyda Frantsiya 4-ligasida o'ynagan "Bordo"ni tark etgandi.