"Lion" yarim himoyachisi Jordan Veretu jamoani tark etmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, 32 yoshli frantsuz "Al-Arabi"ga o'tmoqda. Qatar klubi bilan kelishuvga erishildi.

Eslatib o'tamiz, Veretu 2024 yilning sentyabrida "Marsel"dan 4+3 mln evro evaziga transfer qilingan edi. Uning "Lion" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan edi.

2024/25 yilgi mavsumda u 38 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.