Pyanich "Yuventus"ning Yildizni saqlab qolish istagini ma'qulladi

Turinning "Yuventus" klubi sobiq futbolchisi Miralem Pyanich ushbu jamoaning turkiyalik futbolchi Kenan Yildizni o'z safida saqlab qolishga urinishlari haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, "byankonerilar" "Chelsi"ning futbolchini sotib olish taklifini rad etgani va Kenanga yangi shartnoma taklif qilmoqchi ekani ma'lum bo'lgandi.
"Yildizga ishonch bildirish - to'g'ri qaror. Bu mening u erda bo'lgan vaqtimdagi vaziyatimga biroz o'xshaydi, o'shanda Dibalani saqlab qolishga qaror qilishgandi. Kenan jamoa va klub uchun muhim, u kamtar bo'lib qolishi va shu bilan birga mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak. Ko'rinib turibdiki, u ko'p mehnat qilmoqda, u katta yutuqlarga erisha oladi," - deya Pyanichning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
O'tgan mavsumda Yildiz klub miqyosida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.