Pyanich "Yuventus"ga transferlar bo'yicha maslahat berdi

"Yuventus" hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi sobiq futbolchisi Miralem Pyanich "byankonerilar"ning ushbu transfer oynasida xarid qilish uchun nomzodlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Xabaringiz bor, "Yuventus" bir necha yarim himoyachilar - "Nyukasl"dan Sandro Tonali, "Sporting"dan Morten Yulmanni va "Roma"dan Brayan Kristante variantlarini ko'rib chiqmoqda.
"Tonalini olgan bo'lardim. U italiyalik, katta salohiyatga ega, "Milan" bilan katta yutuqlarga erishgan va Angliyada o'sgan. Kamtar, kuchli - "Yuventus"ga kerak bo'lgan o'yinchi", - deya Pyanichning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.