PSV Germaniya klubidan himoyachi sotib oldi

Kilian Sildiya "Frayburg"dan PSVga o'tdi.
Niderlandiya klubi 23 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, bitim qiymati 6 mln evroni tashkil qilgan.
Bundesliganing o'tgan mavsumida frantsiyalik futbolchi 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.