"PSJ" Zabarniyni sotib olishga yana bir bor urinib ko'radi

Frantsiyaning "PSJ" klubi "Bornmut"ga ukrainalik markaziy himoyachi Ilya Zabarniy bo'yicha yaxshilangan taklif tayyorladi.
Avvalroq tomonlar 60 mln evro narxida kelisha olmagan edi. Endi, Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, parijliklar 70 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Shuningdek, muzokaralarda Frantsiya klubi xo'jayini Nasser Al-Xelaifiy ham bevosita ishtirok etadi.
Avvalroq, "PSJ" rahbariyati Zabarniyni jamoaning rossiyalik posboni Matvey Safonov bilan hech qanday muammoga duch kelmasligiga ishontirgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, matbuotda parijliklar ukrainalik futbolchini sotib olish uchun rossiyalikni sotishga tayyorligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Zabarniyning Transfermarkt portalidagi qiymati 42 million evroni tashkil etadi. Himoyachining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.