"PSJ" yulduzi jamoadan ketish bo'yicha yakuniy qarorni qabul qildi

"PSJ"ning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma parijliklarning u bilan yangi shartnoma imzolamaslik qaroridan hafsalasi pir bo'ldi.
Bundan tashqari, darvozabon Evropa Superkubogi uchun Londonning "Tottenxem" klubiga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmaganidan norozi.
"U "PSJ"ning yangi shartnoma taklif qilmagani va Lukas Shevalening transferi bo'yicha qaroridan keyin o'z pozitsiyasiga oydinlik kiritishi kutilmoqda," - dedi Fabritsio Romano.
Shuningdek, insayderning qo'shimcha qilishicha, italiyalik futbolchi "PSJ"ni aniq tark etadi.