"PSJ" yulduzi har qanday rasmiy turnirlardagi navbatdagi ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

"PSJ" futbolchisi Joau Nevesh o'tgan oy o'rtalarida bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida "Chelsi"ga qarshi o'yinda (0:3) sodir bo'lgan voqea tufayli yangi mavsumning dastlabki ikki o'yinida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bu haqda RMC Sport sahifalarida xabar berilgan. Portugaliyalik xavbek himoyachi Mark Kukurelyaning sochidan tortgani uchun maydondan chetlatildi. Hakam o'yinchiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi.
Ushbu jazo tufayli Nevesh 13 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan "Tottenxem"ga qarshi Evropa Superkubogi o'yinida maydonga tushmaydi, shuningdek, 17 avgust kuni Frantsiya chempionatining dastlabki turida "Nant"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.