"PSJ" yozda yana qanday transferlarni rejalashtirayotgani ma'lum bo'ldi

"Pari Sen-Jermen" yozgi transfer oynasi yakuniga qadar o'z tarkibini yana kuchaytirishi mumkin.
L'Equipe xabariga ko'ra, parijliklarning yoz oxirigacha ustuvor vazifalari Afrika Millatlar Kubogi vaqtida Ashraf Hakimiy o'rnini egallaydigan va rotatsiyani ta'minlaydigan o'ng qanot himoyachisi hamda chap qanot himoyachisini sotib olishdan iborat.
Avvalroq jamoa darvozabon Lyuka Shevale va himoyachi Ilya Zabarniy bilan kuchaygandi.