"PSJ" yarim himoyachisi Fabian Ruis navbatdagi sovrinni qo'lga kiritdi.

Ruis uchun bu ikki yildan kamroq vaqt ichida to'qqizinchi sovrin bo'ldi. Bu davrda yarim himoyachi ikki marta Liga 1, Frantsiya kubogi va Frantsiya Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, parijliklar bilan Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogidagi g'alabani nishonladi. Ispaniya terma jamoasi tarkibida futbolchi Evro-2024 g'olibiga aylandi.