"Pari Sen-Jermen" bir vaqtning o'zida ikkita yirik bitimni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.

Parijliklar safini "Lill" darvozaboni Lyuka Shevale va "Bornmut" vakili markaziy himoyachi Ilya Zabarniy to'ldiradi. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan hisobotidagi ma'lumotlarga ko'ra, frantsuz grandi rahbariyati ikkala shartnomani ham yaqin kunlarda yakunlashiga ishonchi komil. Har ikki futbolchi bilan kelishuvga erishilgan.

23 yoshli Shevalening transferi "PSJ"ga 40 mln evroga tushadi, 22 yoshli Zabarniy uchun esa Chempionlar Ligasining amaldagi g'oliblari, agar hozirgi ma'lumotlarga ishonilsa, taxminan 60 mln evro to'lashadi.