“PSJ” vingeri: "Endi bayram qilishimiz mumkin"

Frantsiyaning “PSJ” klubi vingeri Bredli Barkola UEFA Superkubogidagi g'alabadan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoamiz yomon boshladi, ikkita gol farqi bilan mag'lub bo'ldik. Biroq o'zimizni qo'lga oldik va xarakter ko'rsata oldik.
Endi bayram qilishimiz mumkin. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bugun oqshom bizga chinakam yordam berdi.
Ular bizni yangi g'alabalarga undadi", - deya hujumkor yarim himoyachining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.