"Pari Sen-Jermen" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar "Fenerbaxche"ga o'tmoqda.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, tomonlar 10 million evroga amalga oshadigan transfer bo'yicha kelishib olgan.

Shkrinyar allaqachon Istanbulga yo'l olgan. U tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnomani imzolashi kerak.