Frantsiyaning "PSJ" klubi rahbariyati hamon "Bornmut"ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniyni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.

L'Equipe jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra Parij top-klubi yozda birdaniga uch nafar futbolchisini sotishga qaror qilgan. Tushgan mablag' evaziga Frantsiya chempioni Zabarniy transferini rasmiylashtirmoqchi. Ro'yxatga quyidagi futbolchilar kiritilgan: hujumchi Gonsalu Ramush, himoyachi Lyuka Ernandes va yarim himoyachi Li Kan In.

Transfermarkt portali 22 yoshli ukrainalikning bozor narxini 42 million evroga baholamoqda. U "Bornmut" bilan 2029 yil iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan.