UEFA nazorat-intizom organi (CEDB) "Inter"ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidan so'ng "PSJ"ni 148 ming evro miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Uchrashuv 31 may kuni bo'lib o'tdi va 5:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo'ldi.

"PSJ" futbol maydoniga muxlislar chiqarib, mushakbozlik uyushtirgani uchun 100 ming evro jarimaga tortildi. Ushbu qoidabuzarlik tufayli parijliklarga 2 yil sinov muddati bilan UEFA turnirlarining navbatdagi safar o'yiniga o'z muxlislariga chipta sotish shartli ravishda taqiqlandi.

Shuningdek, "PSJ" begona narsalarni uloqtirgani uchun 30 ming evro, sport tadbirida nomaqbul xabar tarqatgani va UEFA obro'siga putur etkazgani uchun 10 ming evro to'lashi kerak bo'ladi.