"PSJ" - UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan ilk frantsuz klubi

"PSJ" UEFA Superkubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan birinchi frantsuz klubi bo'ldi.
Hal qiluvchi bahsda parijliklar "Tottenxem" bilan o'yinda iroda ko'rsatib, 0:2 hisobini 2:2 ko'rinishiga keltirdi. Penaltilar seriyasida esa aniqroq harakat qilishdi.
Shu tariqa, tarixda ilk bor sovrin Frantsiya jamoasiga nasib etdi.
E'tiborlisi, aynan "PSJ" bu natijani ancha oldin - 1995/1996 yilgi mavsumda qayd etishi mumkin edi, ammo o'shanda jamoa "Yuventus"ga yutqazgandi.