«PSJ» uchun ukrainalik futbolchi transferining muhokamasi cho'zilyapti

«PSJ» va «Bornmut» Ilya Zabarniy transferi borasida deyarli kelishib oldi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klublar shartnomaning belgilangan summasi bo'yicha kelishib olgan - bu 63 million evroni tashkil qiladi. Hozirda bonus to'lovlari bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Zabarniy o'tgan mavsumda Premer-ligada 36 ta o'yin o'tkazdi.