"Pari Sen-Jermen"ning yangi a'zosi Ilya Zabarniy frantsuz klubi tarixidagi birinchi ukrainalik bo'ldi. Ilgari parijliklar safida Ukraina pasportiga ega futbolchilar o'ynamagan.

Bir kun avval Ilya klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. OAV ma'lumotiga ko'ra, "PSJ" Zabarniy transferini 63 mln evroga rasmiylashtirgan. "Bornmut" yana 3 mln evroni bonus sifatida olishi mumkin. 2023 yilning yanvarida inglizlar himoyachi uchun Kievning "Dinamo" klubiga 22,7 mln evro to'lagandi.

Avvalroq, Zabarniy transferi tufayli "PSJ" Matvey Safonovni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.