Avvalroq "PSJ" safida to'p tepgan ivuarlik futbolchi Serj Ore yana maydonga qaytishi mumkin - u Eronda mahalliy "Persepolis" klubi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Ore mamlakatdagi xavotirli harbiy-siyosiy vaziyatdan qo'rqmaydi va u Eronning eng yaxshi klublaridan biri bilan to'liq shartnoma tuzish haqida o'ylamoqda.

Qizig'i shundaki, unga "Marsel" shartnoma taklif qilgan, ammo Ore Adrien Rabiodan ko'ra printsipialroq bo'lib chiqdi va aynan Parijdagi o'tmishi tufayli provansalliklarga rad javobini berdi.