"PSJ" so'nggi 2 oyda 90 foiz o'yinlarda g'alaba qozondi

"PSJ" so'nggi ikki oy ichida 90 foizdan ortiq o'yinda g'alaba qozondi.
Luis Enrike jamoasi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "Real"ni tor-mor etdi (4:0).
Parijliklar 7 maydan buyon o'tkazgan so'nggi 11 o'yinda 10 g'alabaga erishgan. Bu davrdagi yagona mag'lubiyatni "PSJ" KO'JCh guruh bosqichida "Botafogo"dan (0:1) qabul qilib oldi. To'plar farqi - 33:4.