"PSJ" sardori UEFA Superkubogi medalini Zabarniyga berdi

"PSJ" himoyachisi va sardori Markinos UEFA Superkubogidagi g'alaba medalini klubning yangi a'zosi Ilya Zabarniyga topshirdi.
Parijliklar safiga o'tgan ukrainalik futbolchi "Tottenxem" bilan o'yin qaydnomasidan joy olishga ulgurmadi. Ammo u jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlash uchun jamoa bilan Italiyaning Udina shahriga yo'l olgandi.