"PSJ"ning yangi mavsumdagi sardorlari aniq bo'ldi

"PSJ" yangi mavsumda jamoada kimlar sardor bo'lishini ovoz berish yo'li orqali aniqladi.
Xabarlarga ko'ra, asosiy sardor Markinos, vitse-sardor Ashraf Hakimiy bo'ladi. Shuningdek, Usmon Dembele, Uorren Zair-Emeri, Vitinya va Fabian Ruis ham sardorlar ro'yxatidan joy oldi.
"PSJ" bir necha kun avval UEFA Superkubogi uchun bahsda "Tottenxem" ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi - 2:2, penaltilarda - 4:3.