"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevale UEFA Superkubogi uchun "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Mening birinchi sovrinim. Men bu erga g'alaba qozonish uchun kelganman. "PSJ" bu o'yinda jamoaning o'tgan mavsumdagi sa'y-harakatlari evaziga maydonga tushdi. Bu g'alabaga o'z hissamni qo'sha olganimdan xursandman va umid qilamanki, bu klubda ko'plab muvaffaqiyatli o'yinlar o'tkazaman. Oson o'yin emas. Men eng yaxshi darvozabon o'rniga keldim. Men darhol finaldan boshlashimga to'g'ri keldi. Hammada katta umidlar bor edi. Biz 0:2 hisobida yutqazayotgan edik. Bunday paytlarda o'zingga o'zing savol bera boshlaysan: "Agar hammasi biz xohlagandek bo'lmasa-chi?" Ammo yakunda jamoa xarakter ko'rsatdi," - deya Shevalening so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.