"PSJ"ning rossiyalik darvozaboni UEFA Superkubogidan so'ng xabar qoldirdi (foto)

"PSJ"ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:2, pen. - 4:3) UEFA Superkubogi uchun o'yinda jamoaning kiyinish xonasidan tushgan suratini o'zining Telegram-kanaliga joyladi.
"Bunday tarkibdagi ilk sovrin," - deb yozadi Safonov jamoaga yangi kelgan darvozabonlar Lyuka Shevale va Renato Marin bilan tushgan suratga.

26 yoshli rossiyalik uchun bu sovrin frantsuz klubi safidagi beshinchisi bo'ldi. 2024/25 yilgi mavsumda Safonov "PSJ" bilan birgalikda Chempionlar Ligasi, Liga 1, Frantsiya kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi.