"Pari Sen-Jermen" xavbeki Renatu Sanshesh "Trabzonspor"ga o'tishi mumkin.

28 yoshli portugaliyalik yozda "Benfika"da ijarada o'ynab, Parijga qaytgan, ammo murabbiy Luis Enrikening rejalarida yo'q, shuning uchun klub u bilan xayrlashmoqchi.

Sansheshga da'vogarlar orasida uni ijaraga olishni rejalashtirayotgan "Trabzonspor" asosiy favorit hisoblanadi.