"PSJ"ning portugaliyalik hujumchisi goldan so'ng Diogu Jotani yodga oldi (foto)

Dahshatli avtohalokatda halok bo'lgan "Liverpul"ning portugaliyalik hujumchisi Diogu Jota "PSJ" hujumchisi tomonidan yodga olindi.
Parijliklar KO'JCh-2025 yarim finalida "Real"ni tor-mor keltirdi - 4:0.
"PSJ"ning portugaliyalik hujumchisi Gonsalu Ramush ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi va o'yin oxirida jamoasining so'nggi golini kiritdi.
Golni u Jotaga bag'ishladi.
